Roy Kin Brunu Fernandeshni maqtadi
03 mar 2020 09:31
Yangiliklar
“Kelganiga 3-4 hafta bo'lgan futbolchini maqtashni xohlamasdim. Biroq u MYU muxlislarini xursand qila olmoqda. Fernandeshning yuqori darajadagi o'yinchi ekanligi ko'rinib turibdi. Biz futbolchining jamoaga kirishib ketishi uchun vaqt kerak bo'lishini tez-tez aytamiz. Biroq Brunu jamoaga juda tez kirishib ketdi. Bu esa uning yuqori sifatlarga ega futbolchi ekanligidan dalolat beradi”, — deydi Kin.
Malumot uchun, Fernandesh APL doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
01:42
Ferdinand Fernandeshning "Al Hilol"ga rad javobi haqida: "Bu uning sadoqatidan dalolat beradi" 0

Fikrlar