Roy Kin Brunu Fernandeshni maqtadi

3 mar 2020, 09:31
Kinga MYUning yangi xaridi maqul keldi.

“Kelganiga 3-4 hafta bo'lgan futbolchini maqtashni xohlamasdim. Biroq u MYU muxlislarini xursand qila olmoqda. Fernandeshning yuqori darajadagi o'yinchi ekanligi ko'rinib turibdi. Biz futbolchining jamoaga kirishib ketishi uchun vaqt kerak bo'lishini tez-tez aytamiz. Biroq Brunu jamoaga juda tez kirishib ketdi. Bu esa uning yuqori sifatlarga ega futbolchi ekanligidan dalolat beradi”, - deydi Kin.

Ma'lumot uchun, Fernandesh APL doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports