Roxo: “Mashg'ulot vaqtida Zlatanga: “ovozingni o'chir, burunboy”, deganman”
18 fev 2020 19:40
Yangiliklar
Roxo: “Mashg'ulot vaqtida Zlatanga: “ovozingni o'chir, burunboy”, deganman”
Ijara asosida “Estudiantes”da harakat qilayotgan MYU himoyachisi Markos Roxo jamoaviy mashg'ulotlar vaqtida Zlatan Ibragimovich bilan tortishib qolganini esga oldi.
“Lavessi meni Ibragimovichning kuchli xarakterga egaligi haqida ogohlantirgan edi. Zlatan to'plarni unga oshirishimizni istardi. O'yinning bir lahzasida u mendan pas berishni so'radi ammo to'pni Pogbaga uzatdim. Keyin esa Zlatan qo'lini ko'tarib, ispan va ingliz tillaridan nimadir deb baqirardi. SHunda men unga: “Ovozingni o'chir, burunboy”, degandim. Agar u meni ushlab olsa, tamom bo'lishimni bilardim va shuning uchun eng to'g'ri yo'l u bilan yuzma-yuz gaplashish edi. U kiyim almashitirish xonasiga kirganida unga og'zini yopib, qichqirishni bas qilishi kerakligini tushuntirdim. Jamoadoshlarimiz ko'z o'ngida bir-birimizni haqorat qila boshladik. Yakunda esa Joze Mourinyu bizni tinchlantirdi”, – deydi Roxo.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar