So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  1 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  5 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  8 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  26 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  9 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  18 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  40 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

RPL. O'runov debyuti yana qoldirildi, biroq "Spartak" g'alabaga erishdi Yangiliklar

RPL. O'runov debyuti yana qoldirildi, biroq "Spartak" g'alabaga erishdi

Teglar :  SpartakRotor
"Rotor" hamda "Spartak" o'rtasidagi RPLning 5-tur uchrashuvi yakunlandi.

FC Rotor Volgograd

Premier League . 5-tur

26/08/2020, 21:30

1
:
0
Tugadi

Spartak Moscow

Zelimkhan Bakaev - 55'

Stadion: Volgograd Arena

45'
90'
28'  Sergey Makarov
53'  Solomon Kverkveliya
61'  Sergey Serchenkov (Ilya Zhigulev)
66'  Azat Bayryev
71'  Cedric Gogoua Kouame
79'  Armen Manucharyan (Mukhammad Sultonov)
79'  Oleg Igorevich Aleinik (Evgeny Pesegov)
81'  Sergey Makarov (Oleg Kozhemyakin)
90'  Oleg Kozhemyakin
5'  Zelimkhan Bakaev
55'  Zelimkhan Bakaev
65'  Roman Zobnin
77'  Zelimkhan Bakaev (Maksim Glushenkov)
82'  Jordan Larsson (Andrei Eshchenko)
90'  Nail Umyarov (Guus Til)
90'  Andrei Eshchenko
90'  Aleksandr Sobolev
90'  Aleksandar Maksimenko
90'  Pavel Maslov

Rotor – Spartak 0:1

"Volgograd-Arena"

Gol: 0:1 – 55, penalti Bakaev.

"Rotor" – Dovbnya, Gogua, Manucharyan (Sultonov, 78), Bayryev, Kverkveliya, Davitashvili, Serchenkov (Jigulev, 61), Aleynik (Pesegov, 78), Makarov (Kojemyakin, 81), Stepanov, Mullin.

"Spartak" – Maksimenko, Djikiya, Jigo, Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Umyarov (Til, 90), Bakaev (Glushenkov, 77), Sobolev, Larsson (Eshhenko, 82).

Ogohlantirishlar: Bakaev (5), Makarov (28), Kverkveliya (53), Zobnin (65), Bayryev (66), Gogua (72), Eshhenko (90).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. ZARBAAA! To'p darvoza to'sini va ustuni tutushgan nuqtaga tegdi, hujumning ikkinchi to'lqinida darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatildi. SHundan so'ng Sobolev "Rotor" futbolchisiga qarshi janjal uyushtirdi va buning uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi va shu onda Jigulyov "Rotor" uchun juda yaxshi standart ishlab berdi. Mezbonlar raqib jarima maydoni chizig'i yonginasida jarima zarbasi tepishadi.

90. "Spartak" safida yana bir o'zgarish: Umyarov o'rniga Til maydonda paydo bo'ldi.

85. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Jigulyov uzoq masofadan "Spartak" darvozasini nishonga olishga urindi, ammo to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

82. "Spartak" safida yana bir o'zgarish: Larsson o'rniga Eshenko maydonga tushdi.

81. "Rotor"ning yana bir hujumi aniq zarba bilan yakunlandi. Maksimenko sovuqqonlik bilan to'pni egallab oldi.

77. O'zgarish: Bakaev o'rniga Glushenkov maydonga tushdi.

74. DAHSHAT! "Spartak" posboni o'z jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. "Rotor" futbolchilari ko'pchilik bo'lib qarshi hujumga o'tishdi, biroq Maksimenko darvozaga berilgan zarbani qaytardi.

72. JIGOOO! Avvaliga Bakaev yaqin masofadan to'pni "Rotor" darvozasiga yo'lladi, posbon to'pni qaytargach Zelimxan Jigoga pas berdi, himoyachi o'ziga xos usul bilan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo hammasi u o'ylaganidek bo'lmadi. To'p maydonni tark etdi.

67. ZARBAAA! "Spartak" posboni Maksimenko Makarov zarbasini katta qiyinchilik bilan qaytardi, hujumning ikkinchi to'lqini paytida esa hakam ofsayd borligini ko'rsatdi.

64. "Spartak" Larsson va Bakaev orqali tezkor hujum uyushtirdi, ammo Zelimxan darvozaga zarba berish o'rniga to'pni Larssonga uzatib, xatoga yo'l qo'ydi va to'pni oldirdi.

63. Bakaev Sobolevning pasidan so'ng raqib jarima maydonchasi ichidan "Rotor" darvozasiga zarba berdi. Zelimxan ko'proq zarba kuchiga etibor bergani tufayli to'p darvozaga aniq bormadi, uning yonidan o'tib ketdi.

60. Jikiya jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda. Futbolchi havodagi kurashdan so'ng maydonga noqulay yiqilgan ekan.

55. GOOOL! Hisob ochildi! 0:1! Bakaev to'pni chap burchakka yo'lladi va to'p ustunga tegib, darvozaga kirdi.

53. Penalti! "Spartak" hujumchisi Sobolev o'z jamoasi uchun 11 metrlik jarima zarbasi ishlab oldi.

49. Hozircha o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Oston mashg'ulotlarni boshlashi yoki maydonga tushishi malum bo'lsa, tezda xabar qilamiz.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. ZARBAAA! "Rotor" hisobni ochishga juda yaqin keldi. Ketma-ket zarbalarni "Spartak" darvozaboni, himoyachisi qaytarib qoldi.

37. Bakaev o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, chap oyoq orqali uzoq burchakni nishonga olishga urindi. Zarba kuchsizligi tufayli Dobvnya to'pni egallab oldi.

32. SOBOLEEEV! Sashaning jarima maydonchasi chizig'i ustidan bergan zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisiga tegib, darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

30. "Spartak" juda yaxshi o'ynayapti: Aniq paslar, to'pga egalik qilish. Biroq so'nggi aniq zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.

28. Sobolevga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Makarovga sariq kartochka ko'rsatildi.

22. Zarba! Zobnin jarima maydoni ichida darvozaga teskari turib zarba berdi, zarba kuchsiz bo'lgani uchun posbon to'pni egallashga qiynalmadi.

18. "Spartak" juda faol, ammo raqib jarima maydonchasiga kirishda muammolarga duch kelmoqda.

17. Larsson "Rotor" jarima maydonida yiqildi, ammo hakam bu vaziyatda qoida buzilmadi deb topdi. 

14. "Rotor"dan "Spartak" darvozasi tomon dastlabki zarba. Mullin zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

11. ZARBAAA! Jigo qanotdan uzatilgan to'pga yiqilayotib zarba berdi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

10. "Spartak" raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi. To'p qarshisida Jikiya. Uning zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib maydonni tark etdi.

8. Ayrton tezkor qarshi hujum tashkil qildi va o'sha hujumni zarbasi bilan yakunladi. "Rotor" posboni Dobvnya zarbadan so'ng to'pni egallab oldi.

5. Bahs boshlanishi bilan "Spartak" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatildi. Raqib futbolchisi Bakaev uning tomog'iga zarba berdi deb yotib oldi, ammo takroriy lavhada qo'l engilgina tegib ketgan ekan.

3. "Spartak" tezlik bilan o'yin nazoratini qo'liga oldi va raqib jarima maydonchasi atrofida vaziyatlar yaratishga harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Afsuski, O'runov bugun ham asosiy tarkibda emas. Hamyurtimiz zaxiradan o'yinga qo'shilishini umid qilamiz.

- Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari. Bir necha soniyalardan so'ng Oston O'runov to'p tepayotgan "Spartak" ishtirokidagi bahs boshlanadi. Bugun mehmonlar "oq", "Rotor" esa ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi.

Rotor – Spartak

20.30, «Volgograd-Arena»

«Rotor»: Dovbnya, Bayriev, Kverkveliya, Stepanov, Gogua, Manucharyan, Aleynik, Makarov, Serchenkov, Davitashvili, Mullin.

Zaxiradagilar: Repin, Kojemyakin, Nikolaev, Matrikardi, Pesegov, Sultonov, Jigulev.

«Spartak»: Maksimenko, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton, Zobnin, Bakaev, Umyarov, Kral, Sobolev, Larsson.

Zaxiradagilar: Rebrov, Akmurzin, Eshhenko, Kutepov, Rasskazov, Gaponov, Golosov, Mirzov, Markitesov, Till, O'runov, Glushenkov.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика