Roten: "Messining kechirimi hech nimani o'zgartirmaydi"
05 may 2023 23:50
Yangiliklar


Roten: "Messining kechirimi hech nimani o'zgartirmaydi"
Eslatib o'tamiz, "Loryan"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin futbolchi hech qanday ruxsatsiz Saudiya Arabistoniga safar qilgan va shu sababi jamoa mashg'ulotlaridan 2 haftaga chetlatilgan.
"U xato qilganini tan oldi. Bu esa PSJ to'g'ri ish qilganini tasdiqlaydi. Klubning rahbari emasman, shunchaki mening fikrim juda oddiy. Barcha masuliyatni Messining bo'yniga qo'yish kerak. U ikki yilini PSJda o'tkazdi va jamoa uchun anchagina kuchini ketkazdi. Bu uni kechirish uchun etarlimi? Yo'q.
Fikrimcha, PSJga Franciya chempionatining g'olibligi muhim emas. Bu qayg'uli, biroq kechirim hech nimani o'zgartirmaydi. U jamoa muxlislari emas, futbolchilarini oldida kechirim so'rashini malum qildi. Tushunmayman, u nima sababdan safarini kechiktira olmadi?
U kim bilandir muzokara o'tkazish jarayonida. U muzokara o'tkazayotib, kechirim so'raydimi? Uning vazifasi nimadan iborat? SHunchaki niqobni kiyib, katta summali chek yozdirib olishmi yoki futbol o'ynashmi?", - dedi parijliklarning sobiq futbolchisi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar