So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

Roys, Grizmann, Keyn. Milliy chempionatda g'olib bo'lmagan futbol yulduzlari Yangiliklar

Roys, Grizmann, Keyn. Milliy chempionatda g'olib bo'lmagan futbol yulduzlari

Jerrard ularning dardini hammadan ham yaxshiroq biladi.


Marko Roys (14 mavsum)

Markoning Bundesliga hal qiluvchi tur o'yini final hushtagidan keyingi ko'z yoshlarini tushunish qiyin emas. Undan Terzich qanday qilib, hech narsa kerak bo'lmagan "Maync"ni o'z uyida yuta olmagani, bunga "norm" tayyorgarlik ko'ra olmaganini tushunish qiyinroq. Yaqin yillarda bunaqasini eslay olmayman, barchasi "Borussiya"ning o'z qo'lida edi. G'alaba Dortmundni chempionga aylantirardi, lekin birinchi taymdan keyin hisob 0:2, qo'shimchasiga Aller penaltini ura olmadi. "Arilar" shu qadar yomon o'yin ko'rsatishardiki, xuddi bu o'yinning aynan "Borussiya" uchun ahamiyati yo'qdek, tasavvur uyg'onardi. Afsus, nemis futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri Marko Roys biror marta ham mamlakat chempioni bo'lmaganligicha qolmoqda. "Borussiya" oxirgi turdan oldin ham birinchi o'rinda edi... Biroq Markoning terma jamoa safidagi chempionlik musobaqalariga jarohat sabab bora olmaganlari oldida bu ham hech nima emasdek. 


Antuan Grizmann (13 mavsum)

Antuan futbol "Playstation"dagi o'yin emasligini tushunganiga ancha bo'ldi. Ajablanarli, ammo Antuan chempionlikni bor yo'g'i bir marta "Real Sosedad" bilan Segundada nishonlagan. Ammo ikkinchi ligada chempion bo'lish baribir biz aytayotgan hislarni bermasligini tushunish qiyin emas. "Atletiko"dan ketgach, jamoa "Barselona"ga kerak bo'lmay qolgan Suares va "Real"ga kerak bo'lmagan Lorente bilan chempion bo'ldi. Antuanning "Barselona"da o'yini o'zi istaganchalik chiqmagani sir emas, ammo u "Barsa"da chempionlik sovrinini ham qo'lga kirita olmagani biroz kutilmagan holat. "Atletiko"ga qaytgandi — Kubok kataloniyaliklarga nasib qildi. Achinarli, chunki gap jahon chempioni va La Liganing mavsumdagi eng yaxshi futbolsilaridan biri haqida ketmoqda. Simeone hamkasbi Deshamning JCHdagi g'oyasini qo'llab-quvvatladi va Grizmannning erkin ijodkorga aylanishiga qo'yib berdi. Etibor berilsa, daraja borasida Antuan bu ro'yxatda ham ajralib turibdi.


Antonio Di Natale (14 mavsum)

"Roma" afsonasi De Rossi chempionlik ilinjida faoliyati oxirida Argentinaga yo'l oldi. "Boka Xuniors" Danieleni xursand qila oldi. Di Natale esa Italiya termasida ham sovrinlarga ega chiqa olmadi. Sababi Evro-2012 finalida italiyaliklar Ispaniyaga mag'lub bo'ldi. "Empoli" tarbiyalanuvchisini ancha vaqtgacha mensishmagan bo'lsada, Antonio zo'r hujumchi. Di Natale quyi ligalardan chiqib kelib, uzoq vaqt A Seriyada samaradorligi bilan ajralib turdi. U chempion bo'lish haqida orzu ham qilmasdi, chunki "Udineze" sharafini himoya qilardi. To'g'ri, Di Natale tushungan holda shunday tanlovga qo'l urgan, sababi boshqa kuchliroq klubga ketish imkoni yo'q emasdi, lekin bunday faoliyat sovrinlarsiz yakunlanishi biroz qayg'uli. 


Xarri Keyn (11 mavsum)

Deyarli o'ttizga kirgan forvard APLda "Norvich"dagi ikkita o'yinni aytmasa, "Tottenxem" sharafini himoya qilib keldi. Qachonlardir u ijaraga borib kelgan "Lester" ham o'z davrida Angliya chempioni bo'la oldi. Keyn uyida qolsa, vaqt o'tishi bilan SHirerdan APLning eng yaxshi to'purari nomini olib qo'ya olar – 50 tadan kamroq gol farqi qoldi, lekin Xarri bir jihatda Alandan o'ta olmaydi. SHirer musobaqani "Blekbern" bilan yuta olgan. Keynda, yangi klub tanlashda adashmasagina, imkoniyat paydo bo'lishi mumkin. 


Lorenco Insine (11 mavsum)

Gamshik Turkiyaga ketdi va "Trabzonspor" bilan chempion bo'ldi. Slovakiyalik bu ro'yxatga tushib qolmaslik yo'lini topdi, ammo Evropa chempioni Insine esa... Lorenco quyi ligalardagi uzoq sarguzashtlaridan keyin A Seriyada ham ko'plab o'yinlarda maydonga tushdi. "Napoli" bir necha bor sovringa juda yaqin kelgandi, lekin Spalletti "Skudetto" aks etgan tatiurovkasini Insine jamoani tark etib, "Toronto"ga o'tgach, chizdirdi. Afsus, taqdir Lorencoga jonajon klubida oltin medallarni qo'lga kiritishni nasib qilmadi. Yuqori darajadagi futbolchi MLS chempioni bo'lishi ham dargumon.  


Fernando Torres (17 mavsum)

Torresning "obektivkasida" ko'proq uning ustidan kulishga sabab bo'ladigan so'zlar bor. Ispaniyalik "Liverpul" bilan Angliya vice-chempioni. MYU muxlislari azaliy raqiblariga bu faktni ko'p bor eslatishadi. Jahon chempioni va ikki karra Evropa chempioni klub miqyosida sermahsul o'yin ko'rsatganiga qaramay, sovrinlari soni bilan maqtana olmaydi. CHempionlik kurashi haqida gap-so'z ham bo'lishining imkoni yo'q mavsumlarda u "Milan" va "Liverpul" sharafini himoya qilardi. Yaponiyada faoliyatini yakunlagan Torres bugun bodibilderga ham o'xshab ketmoqda. Fernando "Atletiko" yoshlar jamoasida murabbiy bo'lib ishlayotganida yaqinda "Real"ga qarshi uchrashuvdagi janjaldan bilib olgan bo'lsangiz ajab emas. "El Nino"ning baxtiga u hech bo'lamsa "CHelsi"ning Evropa Ligasi va CHempionlar Ligasidagi g'alabalarida tarkibda bo'lgan.


Stiven Jerrard (19 mavsum)

Ushbu ro'yxatimiz qiroli. Deyarli 20 yil sovrin ilinjida harakat qildi, ammo eng muhim pallada sirpanib, yiqilib tushdi. Fauler, Xasselbaynk, Karrager va Le Tisse ham Jerrard singari Angliya chempioni bo'lishmagan. Lineker esa "Barselona" safida o'ynaganiga qaramay, chempionlik nomiga ega bo'lmagan. Ha, avvallari ham chempionlik sovrini yo'q yulduzlar bo'lgan. Misol uchun Sokrates, Benks, Mur va Metyuzda salmoqli sovrinlar bo'lmagan. Ammo transferlar juda ko'p bo'lgan XXI asr futbolida chempion bo'lmagan futbolchi, bazan hatto afsonalarni topish oson bo'lmay qolgan. Van Persi uchun barchasi MYUda o'zgardi. David De Xea ham o'sha Robin uchun omadli mavsumda tarkibda bor edi. Omadsiz Xuntelar chempionlikni "Ayaks"da, faoliyatining gullagan davrlari ortda qolgach, qo'lga kiritdi. Zanetti chempionlikdan umidi uzib bo'lgach, "Inter" bilan muvaffaqiyatga erishgan.

Ammo ro'yxatdagi nomlarni ko'rarkansiz, hayot bazan beshavqat bo'lishiga amin bilasan kishi. Kuni-kecha Kingsli Koman – yaxshi futbolchi, ammo... TOP-5da qatorasiga 11-marta chempion bo'ldi. U endigina 27ga kirdi, lekin 11 karra chempion. Iqtidorli futbolchi 16 yoshida PSJ safida debyut qilgan, 2 marta oltin medalga ega chiqib, "Yuventus" bilan A Seriyada chempion bo'ldi. Endi esa "Bavariya" bilan Bundesligada 8-g'alabasini rasmiylashtirdi. Grizmann bunday qila olmaydi, ammo Mata umidini uzmagan va "Galatasaroy" bilan Turkiya chempionatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Buyog'iga "Borussiya"ning oxirgi turlardagi xatosini takrorlamasa bo'lgani.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика