"Rostov"ga 10ta gol urgan "Sochi" 29 va 30-tur o'yinlarida qatnashmaydi
21 iyu 2020 23:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582528_original.jpg)
![](/upload/storage/582528_220.jpg)
"Rostov"ga 10ta gol urgan "Sochi" 29 va 30-tur o'yinlarida qatnashmaydi
Sochi klubi ikki o'yinda qatnashishdan bosh tortdi.
Bugun Rossiya FIda yig'ilish bo'lib o'tdi va unda "Sochi" klubi masalasi ko'rib chiqildi.
Unga ko'ra, "Tambov"ga qarshi o'yinda qatnashmagani uchun sochiliklarga texnik mag'lubiyat yozildi va 1,5 mln rubl miqdorida jarimaga tortildi. Sochining o'yinda qatnashmaganligiga jamoaning 9 nafar futbolchisi koronavirusga chalingani sabab bo'lgan.
SHuningdek, "Sochi" 30-turda "Krilya Sovetov"ga qarshi o'yinda ham qatnashmaydi.
Eslatib o'tamiz, shunday holat "Rostov"da kuzatilganida "Sochi" rahbariyati uchrashuv o'tkazilishini talab qilgan va unda "Rostov"ning 2003 yilda tug'ilgan futbolchilari qatnashishgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar