Rostov SHomurodov nomidagi shapkalar sotuvini yo'lga qo'ymoqda
06 may 2019 08:32
Yangiliklar


Rostov SHomurodov nomidagi shapkalar sotuvini yo'lga qo'ymoqda
Rostov klub logotipi tushirilgan cho'milish shapkalarini sotuvini yo'lga qo'ydi.
Ushbu mahsulot «Eldorning omadli shapkalari» nomini oldi.
«Bu shapkalarda sizni to'xtatib bo'lmaydi, sizning boshingiz esa eng qiyin vaziyatlarda barchasini hal qiladi!» – deb yozadi «Rostov»ning tvitterdagi rasmiy sahifasi.
«Rostov» Rossiya chempionaining 27-turida «Krasnodar»ga qarshi o'yinning 89-daqiqasida mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Ushbu golni o'zbekistonlik Eldor SHomurodov boshi bilan urdi.
Ushbu vaziyatda hujumchining boshida cho'milish shapkasi bor edi. 79-daqiqada raqib vakili Aleksandr Martinovich bilan to'qnashuvdan so'ng shifokorlar SHomurodovga shapka kiydirishga qaror qilishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar