“Rostov” O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi bilan kelishib oldi
30 sen 2020 19:20
Yangiliklar


“Rostov” O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi bilan kelishib oldi
“Tambov” forvardi Vladimir Obuxov joriy transfer oynasida klubini o'zgartirishga yaqin.
“Championat.com” manbasiga ko'ra, “Rostov” 28 yoshli forvard bilan kelishib olgan va bitim yaqin orada amalga oshadi.
Malumotlarga qaraganda, Obuxov donliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. U “Spartak” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2019 yil “Tambov” bilan 2021 yilning yozigacha shartnoma imzolagan edi.
Vladimir RPL joriy mavsumida 9 o'yinda qatnashib, samarali natija ko'rsatolmadi. Qayd etish joiz, Vladimir Obuxov 1992 yil, 8 fevral kuni Buxoroda tug'ilgan.
Avvalroq, “Rostov” "Jenoa"ga o'tishi kutilayotgan Eldor SHomurodovning o'rnini to'ldirish uchun “Lokomotiv M” hujumchisi Luka Jorjevich bilan ham muzokara o'tkazayotgani haqda xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar