Rostislav Semenchenko: "Oldinda bizni bundan-da murakkab o'yin kutib turibdi"
25 sen 2024 01:11
Yangiliklar


Rostislav Semenchenko: "Oldinda bizni bundan-da murakkab o'yin kutib turibdi"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina azosi Rostislav Semenchenko saytimizga intervyu berdi.
"Qiyin o'yin o'tkazdik. Bunday nufuzli turnirda ishtirok etishimizda yordam berayotgan muxlislarimizga, qolaversa, vatan himoyachilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu butun Ukrainaning g'alabasi.
Oldinda bizni bundan-da murakkab o'yin kutib turibdi. CHorak finaldagi raqibimiz aniq bo'lgach, ularni tahlil qilamiz va reja tuzamiz", dedi Semenchenko.
Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar