Rossiyaning CAFA turnirida ishtirok etishiga UEFA ham qarshi emas
15 mar 2023 20:28
Yangiliklar
Rossiyaning CAFA turnirida ishtirok etishiga UEFA ham qarshi emas
UEFA Rossiya terma jamoasining Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi CAFA musobaqasida ishtirok etishiga qarshi emas. Tashkilot bunga ushbu musobaqanining o'rtoqlik maqomida ekanligi bilan izoh bergan.
"O'rtoqlik o'yinlari UEFA musobaqalari toifasiga kirmaydi. Bunday turnirlarga UEFA javob bermaydi. SHunday ekan, bu kabi turnirlarda Rossiya termasining ishtiroki UEFAning Rossiya termasiga qo'llagan cheklovini buzish emas", -deyiladi tashkilot matbuot xizmatining bergan bayonotida.
CAFA-2023'da O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston va Rossiya ishtirok etishi aniq. SHuningdek, 8-qatnashchi Tailand yoki Xitoy bo'lishi kutilmoqda. Musobaqa shu yilning iyun oylarida Toshkent va Bishkek shaharlarida o'tkaziladi.
Fikrlar