Rossiyalik muxlislar Angliya tribunasida mushtlashuv uyushtirishdi
12 iyu 2016 02:45
Yangiliklar
Rossiyalik muxlislar Angliya tribunasida mushtlashuv uyushtirishdi
Angliya va Rossiya o'rtasidagi bahs durang (1:1) yakunlanganidan so'ng, rossiyalik ishiqbozlar raqib muxlislari tribunasiga o'tib mushtlashuv uyushtirishdi.
Voqea Jo Xart qo'riqlagan darvoza ortida yuz berdi. Rossiyalik muxlislar bahs yakunlanganini bildiruvchi xushtak chalinishi bilan ingliz sektoriga o'tishdi va dahanaki jang boshlanib ketdi. Styuardlar jangni to'xtatishga harakat qilishdi.
Ushbu bahsdan oldin ham Marselda tartibsizliklar bo'lgan edi, natijada 31 kishi jarohatlangan. Angliyalik bir muxlisning ahvoli og'ir.
Fikrlar