Rossiyalik darvozabon Bundesligaga yo'l olishi mumkin
03 iyu 2021 18:24
Yangiliklar
Rossiyalik darvozabon Bundesligaga yo'l olishi mumkin
Ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan Andrey Lunyov faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.
Darvozabonning xizmatlariga Leverkuzenning "Bayer" klubi qiziqish bildirmoqda. "Farmacevtlar" 29 yoshli posbonga shartnoma tayyorlashmoqda.
Eslatib o'tamiz, Andreyning Peterburgning "Zenit" klubi bilan tuzgan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etdi.
Lunyov o'tgan mavsum RPL doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 11ta to'p olib chiqdi.
Fikrlar