So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Rossiyadagi JCHga borishni istaganlar shoshiling. Bugun chiptalar sotuvga chiqadi Yangiliklar

Rossiyadagi JCHga borishni istaganlar shoshiling. Bugun chiptalar sotuvga chiqadi

Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni Rossiyada bo'lib o'tadigan 2018 yildagi jahon chempionatida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 14:00dan boshlab (14 sentyabr 2017 yil) butun dunyodagi futbol ishqibozlari katta bayramga qo'shilishlari mumkin: Bu vaqtda FIFA.com/bilet saytida JCH-2018 chiptalari sotuvi boshlanadi.

"Biz barcha muxlislarga teng imkoniyat beradigan chipta xarid qilish tizimini ishlab chiqdik. Har bir jahon chempionatida muxlislar sport bayramining muhim qismi bo'lib kelishgan. Rossiyadagi jahon chempionati jahon futbol birinchiliklari ananalarini davom ettirib, tashkilotchilik va turnir atmosferasi tomonidan unikal voqeaga aylanad" - deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura.

CHiptalar sotuvi bir necha bosqichdan iborat bo'ladi:

1-bosqich (2 davrga bo'lingan holda)

Birinchi bosqichning ilk davri 14 sentyabrdan 12 oktyabrgacha davom etadi. Siz chipta uchun so'rov bersangiz, qaysi kuniligining ahamiyati yo'q: Berilgan sanadan qatiy nazar, hamma so'rovlarda bir xil imkoniyat bo'ladi. Agar so'rovlar soni chiptanikidan oshib ketsa, chiptalar tasodifiy qura yo'li bilan aniqlanadi. So'rov berganlarning barchasiga 16 noyabr kuni javob xati keladi.

Birinchi bosqichning ikkinchi davri  16-28 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. Bu vaqtda chiptalar jonli navbat yo'li bilan sotiladi.


2-bosqich (2 davrga bo'lingan holda)

2017 yilning 1 dekabrida o'tadigan JCH-2018 o'yinlariga rasmiy qura tashlash marosimidan so'ng, ikkinchi bosqichga start beriladi. U birinchisi kabi tasodifiy qura (5 dekabrdan 31 yanvargacha) va jonli navbat (13 martdan 3 aprelgacha) yo'li bilan aniqlanadi.

1 va 2-bosqichlarda chipta xarid qilganlarning biletlari turnir boshlanishiga bir necha hafta qolganda egalariga tekinga etkazib beriladi. CHiptalarni etkazib berish aprel/may oylaridan oldin boshlanmaydi.


"So'nggi onlar" sotuvi

Muxlislar uchun chiptalarni sotib olishning so'nggi imkoniyati "So'nggi onlar" bosqichida bo'ladi. CHiptalar jonli navbat uslubida sotiladi. Bu bosqich 18 aprelda boshlanib 15 iyulda (JCH-2018 final o'yini kuni) yakuniga etadi.


1-bosqichda qaysi tipdagi chiptalarni xarid qilish mumkin bo'ladi?

Alohida bir o'yin uchun chiptalar: Turnirdagi xohlagan uchrashuvingiz uchun.


Alohida bir stadion uchun chiptalar paketi: Aniq bir stadionda o'tkaziladigan uchrashuvlar uchun chiptalar jamlanmasi. Bu jamlanmaga guruh bosqichi (ochilish o'yinidan tashqari), 1/8 final o'yinlari va uchinchi o'rin uchun bahs kiradi. (Masalan: "Lujniki" stadioni chiptalari paketiga guruh bosqichining 3 ta o'yini va 1 ta 1/8 final uchrashuvi kiradi. Paketga ochilish, yarim final va final o'yinlari qo'shilmaydi).

Alohida bir jamoaning o'yinlari uchun chiptalar paketi: Alohida terma jamoa uchun chiptalar paketi. Bunday tipdagi chiptalar bilan 3tadan 7tagacha uchrashuv tomosha qilish mumkin. Ularni faqat 1-bosqichda xarid qilishning iloji bor.


To'rtinchi kategoriyadagi chiptalar:

2010 va 2014 yillarda o'tkazilgan JCHlar kabi, mezbon-mamlakat rezidentlarida maxsus narx bo'yicha alohida kategoriyadagi chiptalarni xarid qilish eksklyuziv imkoniyati bo'ladi (1280 rubldan boshlab).

Alohida kategoriyadagi shaxslar uchun chiptalar: FIFA nogiron, kamtaminlangan va ortiqcha vaznli muxlislarga alohida chiptalar ajratadi.


Xarid qilish usullari

1-2-bosqichlarda chiptalarni quyidagi yo'llar bilan xarid qilishingiz mumkin:

Visa bank kartalari (FIFA rasmiy hamkori)

Boshqa to'lov uslublari

Muxlis pasporti


Rus hukumatining tashabbusi bilan JCH-2018 o'yinlari uchun chipta xarid qilgan har bir ishqiboz muxlis pasportiga ega bo'lishi kerak. Tasodifiy qura yo'li bilan chipta xarid qilish muddati tugaganidan so'ng, chiptaga ega bo'lgan shaxslar muxlis pasporti (bepul) uchun so'rovnoma yuborishini maslahat beramiz.


Stadionlarga kirish uchun ishqibozlarda amaldagi chipta va muxlis pasporti bo'lishi kerak. Bundan tashqari, muxlis pasporti qo'shimcha xizmat va ustunliklar taqdim etadi: Rossiya Federaciyasi hududiga vizasiz kirish imkoniyati, tashkilotchi-shaharlar orasida tekin sayoxat, uchrashuv kuni jamoatchilik transportida bepul yurish. Muxlis pasporti haqida qo'shimcha malumotlarni www.fan-id.ru saytida bilib olishingiz mumkin.

FIFA so'rov berish, muxlis pasportini etkazib berish yoki undan foydalanish uchun masul emas.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика