Rossiyada o'tkaziladigan Konfederaciyalar kubogi tarixdagi so'ngi musobaqa bo'lishi mumkin
26 may 2017 00:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/255705_original.jpg)
![](/upload/storage/255705_220.jpg)
Rossiyada o'tkaziladigan Konfederaciyalar kubogi tarixdagi so'ngi musobaqa bo'lishi mumkin
FIFA Konfederaciyalar kubogi musobaqasini isloh qilmoqchi.
Terma jamoalar ishtirokidagi ushbu turnir o'rniga yangisi tashkil etilib, unda klublar ishtirok etishi mumkin. Ilgariroq FIFA prezidenti Janni Infantino Konfederaciyalar kubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yaxlit bir musobaqaga aylantirilishi haqida aytib o'tgan edi.
Yangi turnir Qitalararo kubok deb nomlanib, unda 16 yoki 24 ta jamoa ishtirok etadi. Bular Evropa chempionlar ligasi, Libertadores kubogi, Evropa ligasi, shuningdek, Osiyo, Afrika, Markaziy va SHimoliy Amerikaning klublar miqyosidagi turnirlarining so'nggi ikki yildagi g'oliblaridir.
SHu bois 2017 yili o'tkaziladigan Konfederaciyalar kubogi ushbu musobaqa tarixidagi so'nggi turnirga aylanishi mumkin.O’xshash yangiliklar
22:55
Xose Venansio Lopes: "Agar bu rasmiy o'yin bo'lganida bunday tavakkalga qo'l urmagan bo'lardik" 2
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 1
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar