Rossiya TJ Eron bilan o'ynaydimi? Karpin javob berdi
21 sen 2022 08:25
Yangiliklar
Rossiya TJ Eron bilan o'ynaydimi? Karpin javob berdi
Rossiya termasi ustozi Valeriy Karpin Eron bilan o'rtoqlik o'yini o'tishi deyarli aniqligi haqida gapirdi.
Unga ko'ra, RPL 17-tur taqvimida o'zgarish yuzaga keladi.
“Eron bilan o'yin 99,9 foizga bo'lib o'tadi. 15 yoki 16 noyabr kuni Doha yoki Texronda o'tishi kerak.
Balki, turni (RPLda) surarmiz”, degan Karpin.
Eslatib o'tamiz, rossiyaliklar 24 sentyabrda Qirg'iziston bilan bahslashishi ko'zda tutilgan. Avvalroq, UEFA Rossiya termasini Evro-2024'da ishtirok etmasligini elon qilgandi.
Fikrlar