Rossiya terma jamoasi Qozog'istonda
23 mar 2019 11:17
Yangiliklar


Rossiya terma jamoasi Qozog'istonda
Rossiya terma jamoasi Qozog'istonga qarshi Evro-2020 saralash bosqichining 2-tur uchrashuvini o'tkazish uchun Astanaga etib keldi.
Qozog'iston - Rossiya uchrashuvi 24 mart kuni Astanadagi "Astana" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Rossiya terma jamoasi 21 mart kuni Belgiyaga qarshi ilk saralash o'yinida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Rossiyaliklar Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Belgiya, Qozog'iston, SHotlandiya, Kipr va San-Marino bilan bahs o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar