Rossiya premer ligasining 1-turiga nazar: O'zbek derbisida g'olib bo'lgan SHomurodov, sobiq jamoasi - "Loko"ga bugun raqiblik qiladigan Denisov
15 iyu 2019 19:12
Yangiliklar


Rossiya premer ligasining 1-turiga nazar: O'zbek derbisida g'olib bo'lgan SHomurodov, sobiq jamoasi - "Loko"ga bugun raqiblik qiladigan Denisov
Rossiya premer ligasining yangi mavsumiga start bergan uchrashuv "Arsenal" Tula hamda Moskvaning "Dinamo" jamoalari o'rtasida kechdi. Ikkita to'p kiritilgan mazkur bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi - 1:1.
Arsenal Tula Giya Grigalava - 84' |
Premier League . 1-tur 12/07/2019, 23:00 1
:
1
Tugadi
|
Dinamo Moscow Miguel Cardoso - 16' |
Stadion: Arsenal Stadion
Kelasi kuni esa tur doirasidagi uchta bellashuv o'tkazildi. "Ural" o'z uyida "Ufa"ni qabul qilgan bo'lsa, "Spartak" debyutant "Sochi"ni mehmon qildi. Ko'p gollar kiritilgan "Ural" - "Ufa" uchrashuvida mezbonlarning qo'li baland keldi. Bikfalvining benifisiga aylangan bellashuvda Parfyonov jamoasi mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi.
Ural Eric Cosmin Bicfalvi - 14', Eric Cosmin Bicfalvi - 49', Yuri Bavin - 81' |
Premier League . 1-tur 13/07/2019, 19:35 2
:
3
Tugadi
|
FC Ufa Andrey Kozlov - 76', Daniil Fomin - 86' |
Stadion: Ekaterinburg Arena
Moskvada mehmon bo'lgan debyutant "Sochi" esa "Spartak"ka yaxshigina bosh og'riq taqdim etdi. Birinchi bo'limda kutilmaganda mehmonlar to'liq ustunlikka erishishgan bo'lsa, ikkinchi taymning oxirgi qismida Aleksandr Tochilin jamoasi durangni saqlab qolish uchun himoyaga etibor qaratishi natijasida raqibga ko'proq hujum qilish imkoniyatini taqdim etdi. Natijada shu kuni o'yini qovushmagan "Spartak" standart vaziyatidan so'ng hisobni ochdi va bu yakunda g'alaba to'piga aylandi.
Spartak Moscow Samuel Gigot - 90' |
Premier League . 1-tur 13/07/2019, 22:05 0
:
1
Tugadi
|
PFC Sochi |
Stadion: Otkrytiye Arena
Qizig'i shundaki, o'tgan mavsumda ham "Spartak" chempionatdagi ilk uchrashuvida g'alaba to'pini hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda urgan va o'shanda ham bu galgidek Jigo qutqaruvchi rolida bo'lgandi. Eski tarix yana takrorlandi. Biroq shu kuni debyutant "Sochi" "Otkritie Arena"dan kamida bir ochko bilan ketishga loyiq o'ynadi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar guruhi tomonidan yo'l qo'yilgan qator xato qarorlar "Sochi" zarari va "Spartak" foydasiga ishlaganini takidlash mumkin.
Mazkur bahsda tajriba va mahorat o'z so'zini aytib g'alaba moskvaliklar tomonida bo'lgan bo'lsada, o'yin taraflama barcha olqishlar "Sochi" manzili tomon yo'llandi.
O'zbekiston terma jamoasi etakchi futbolchisiga aylangan Eldor SHomurodov to'p suradigan "Rostov" esa uyida boshqa bir hamyurtimiz Vadim Afonin jamoasi "Orenburg"ga qarshi bellashdi. O'zbek derbisiga aylangan bahsni har ikkala vatandoshlarimiz boshlang'ich tarkibda boshlashdi. Yangi mavsumdan etiboran rostovliklarning asosiy hujumchisi bo'lishi kutilayotgan SHomurodov chempionatdagi ilk o'yindayoq Karpin tomonidan bildirilayotgan ishonchni oqladi. Rossiya terma jamoasi azosi Ionov tomonidan ajoyib uzatmadan so'ng SHomurodov 11-metrlik "nuqta"dan boshi bilan darvozani chiroyli ishg'ol etdi. Keyinchalik esa Ionov Robben uslubida "Orenburg" darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Tanaffusdan keyin esa Despotovich hisobni qisqartiruvchi golni urdi. Natijada Karpin boshqaruvidagi "Rostov" chempionatni g'alaba bilan boshladi. Mazkur g'alabada esa SHomurodov ham o'z hissasini qo'shishga muvaffaq bo'ldi.
FC Rostov Eldor Shomurodov - 11', Aleksey Ionov - 42' |
Premier League . 1-tur 14/07/2019, 00:30 1
:
2
Tugadi
|
FC Orenburg Djordje Despotovic - 49' |
Stadion: Rostov Arena
Dam olish kuni esa yana uchta o'yin bo'lib o'tdi. Samarada mehmon bo'lgan CSKA "Krilya Sovetov"dan mag'lubiyatga uchradi. Aleksandr Sobolev tomonidan qayd etilgan dubl CSKAga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Miodrag Bojovich boshqaruvidagi samaraliklar shu tariqa ilk o'yindayoq ishonchli g'alabani tantana qilishdi.
Krylya Sovetov Samara Aleksandr Sobolev - 51', Aleksandr Sobolev - 58' |
Premier League . 1-tur 14/07/2019, 19:30 0
:
2
Tugadi
|
CSKA Moscow |
Stadion: Cosmos Arena
Amaldagi chempion "Zenit" esa yana bir premer liga debyutanti "Tambov" bilan kuch sinashdi. Yaqin o'tmishda Toshkentning "Paxtakor" jamoasini bir muddat boshqargan Aleksandr Grigoryan ustozlik qilayotgan "Tambov" chempion qarshisida munosib ko'rindi. Biroq ikkinchi taymning dastlabki 5 daqiqasida Yoroxin va Dzyuba tomonidan kiritilgan gollarga "Tambov" birgina to'p bilan javob qaytardi. Etiborlisi, "Tambov" tomonidan urilgan golga 2017 yilgi mavsumda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida malum vaqt o'ynab ketgan ivuarlik Benito mualliflik qildi.
Biroq keyinchalik vaziyatni o'nglash uchun "Tambov" boshqa gol ura olmadi. Natijada amaldagi chempion "Zenit" mavsumni qiyin g'alaba bilan boshladi.
Zenit St. Petersburg Aleksandr Yerokhin - 46', Artem Dzyuba - 48' |
Premier League . 1-tur 14/07/2019, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
FC Tambov Benito - 71' |
Stadion: Gazprom Arena
Rossiya premer ligasining dastlabki turi doirasidagi "Axmat" va "Krasnodar" o'rtasidagi bahsda grozniyliklar Bernard Berishaning goli evaziga muhim g'alabaga erishishdi. Natijada joriy mavsumda chempionlik uchun kurashishi kutilayotgan "Krasnodar" mavsumni mag'lubiyat bilan boshlashga majbur bo'ldi.
FK Akhmat Bernard Berisha - 28' |
Premier League . 1-tur 15/07/2019, 00:30 0
:
1
Tugadi
|
FC Krasnodar |
Stadion: Akhmat-Arena
Premer liganing 1-tur doirasidagi oxirgi bellashuv bugun o'tkaziladi. Unda yaqindagina Rossiya Superkubogida amaldagi chempionni mahv etgan "Lokomotiv" hamyurtimiz Vitaliy Denisov o'tgan Qozonning "Rubin" klubiga qarshi duch keladi. Yaqindagina "Loko"dan rasman ketgan va "Rubin"ga o'tgan Denisov bugun sobiq jamoasiga qarshi yangi klubida debyut qilishi mumkin. Aynan mazkur bahs orqali Rossiya chempionatining 1-turiga yakun yasaladi.
Lokomotiv Moscow Aleksey Miranchuk - 66' |
Premier League . 1-tur 15/07/2019, 23:00 1
:
1
Tugadi
|
Rubin Kazan Khvicha Kvaratskhelia - 76' |
Stadion: RZD Arena
"Lokomotiv" - "Rubin" o'rtasidagi uchrashuv soat 22:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar