So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Rossiya Premer-ligasidagi uchchovlon legionerimiz Yangiliklar

Rossiya Premer-ligasidagi uchchovlon legionerimiz

Bugun, siz aziz futbol muxlislariga ayni paytda faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirayotgan uch nafar vatandoshimiz haqida batafsilroq malumot berishga harakat qilamiz.

Terma jamoa gvardiyachisi

Dastlab, ko'p yillik ishonchli va stabil o'yin namoyish etish orqali millionlab ishqibozlarimiz qalbidan joy olgan tajribali himoyachimizdan boshlashga qaror qildik. Vitaliy Denisov 1987 yilning 23 fevralida mamlakatimiz poytaxti Toshkentda tug'ilgan. Faoliyati davomida 5ta klub sharafini himoya qilgan. Rossiyaning betakror so'lim go'shalaridan biri bo'lmish poytaxt Moskva shahri bosh jamoasi CSKA tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va lekin jamoa tarkibida bironta uchrashuvda maydonga tushmagan. "Spartak"da ijara asosida o'ynaganidan so'ng, 2007 yil boshida Dnepropetrovskning "Dnepr"iga ko'chib o'tdi va 161 o'yinda 2 ta gol urib, 6 ta samarali pas bergan. Ukrainada o'tgan 6 yildan keyin yani 2013-yilda Moskvaning yana bir boshqa jamoasi "Lokomotiv"ga 2 million evro evaziga transfer qilindi va qisqa vaqt ichida klub etakchisiga aylana oldi. Umumiy hisobda 141 o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 11 assistni amalga oshirdi. 2017/2018-yillarda fantastik mavsumni o'tkazgan Denisov keyingi yili bosh murabbiy Yuriy Syominning tushunarsiz ishonchsizligi tufayli "Krylya Sovetov"ga ijaraga berib yuborildi va 18 bahsda qatnashib, 2 ta samarali pas muallifiga aylandi. Vanihoyat, joriy yilning 1-iyulida Qozonning "Rubin" klubi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz hozirgacha 8 uchrashuvda maydonga tushdi. 14 yillik faoliyati davomida qo'lga kiritgan sovrinlari: Evropa kubogi sohibi - 2004/2005; Rossiya Premer-ligasi chempioni - 2004/2005 va 2017/2018; Rossiya kubogi chempioni - 2005, 2015 va 2017 yillarda; 2013-yilda O'zbekiston va Rossiyada "yilning eng yaxshi futbolchisi".



Orenburgliklar faxri

Ko'pchilik o'zbek futbol muxlislari juda kam malumotga ega bo'lgan legionerlarimizdan biri bo'lgan Vadim Afonin 1987 yilning 29 sentyabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Faoliyati davomida 4 ta klub sharafini himoya qilgan. Poytaxtning "Traktor" jamoasi tarbiyalanuvchisi. 19 yoshida "Rubin"ning ikkinchi raqamli klubi jamoasida debyut qilgan va atigi bitta o'yinda qatnashgan. Oradan uch yil o'tib, O'zbekiston mahalliy chempionati ishtirokchisi "SHo'rtan" safida to'rt mavsum harakat qilgan yarim himoyachi 2013 yilda Belgorodning "Salyut" tarkibiga borib qo'shilgan va 36 o'yinda 2 gol hamda 3 assistni amalga oshirgan. Omadli o'tgan mavsumdan so'ng, "Orenburg" jamoasiga sotib yuborilgan. Orada bir muddat "Anji"da o'ynagan Afonin 14 uchrashuvda maydonga tushgan. Orenburg shahri bosh jamoasi safida 161 o'yinda 10 ta to'p kiritgan va 6 golga hammualliflik qilgan. Afsuski, Vadim hozircha bironta sovrinni qo'lga qiritmadi.


Bo'lajak yulduz

Ko'pchilik muxlis-u mutaxassislar tomonidan kelajakda Evropaning top-5 chempionatlarida porlashi takidlab kelinayotgan O'zbekistonning hozirgi kundagi eng kuchli hujumchisi bo'lib turgan va Rossiya milliy ligasidagi chiroyli gollari bilan millionlab futbol ixlosmandlari hamda mashhur klublar oromini o'g'irlagan Eldor SHomurodov 1995 yilning 29 iyunida Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Faoliyati davomida  3 ta klub sharafini himoya qilgan. Muborakning "Mashal" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yilda Toshkentning "Bunyodkor" klubiga ko'chib o'tgan Eldor ushbu jamoa safida 31 o'yinda 14 gol muallifiga aylangan. 2017 yil 15 iyul sanasida poytaxtliklar markaziy hujumchisi 750 ming evro evaziga Rossiyaning "Rostov" klubiga transfer qilindi. SHomurodov hozirgacha rus jamoasi tarkibida 70 uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 7 marta sheriklariga samarali pas uzatgan. Eldor SHomurodov ko'p va chiroyli gollar urib, katta-katta muvaffaqiyatlarga erishishida omad tilab qolamiz!


Xondamir Hakimov

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика