Rossiya futboli rahbariyati yangi CHempionlar ligasi tashkil qilmoqchi
04 may 2022 21:56
Yangiliklar


Rossiya futboli rahbariyati yangi CHempionlar ligasi tashkil qilmoqchi
Yuqori divizionda 16 ta klub qolsa, 2022/23 yilgi mavsumda ichki taqvimda yangi musobaqa paydo bo'lishi mumkin.
Loyihaga ko'ra, birinchi bosqich qura natijasiga ko'ra to'rt guruhga bo'linishi kerak, ungacha esa jamoalar RPL-2021/22 da egallagan o'rinlariga ko'ra savatchalarga bo'linadi. Yani, birinchi savatchada 1-4-o'rinlarni egallagan, ikkinchisida - 5-8, uchinchisida - 9-12, to'rtinchisida - 13-14-o'rinni egallagan va FNLdan ikkita yangi kelgan jamoalardan iborat bo'ladi.
Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi klub chorak finalga yo'l oladi, birinchi o'rinlar guruhdagi ikkinchi o'rin egalari bilan to'qnash keladi. So'ngra yarim final va final bahsi o'tkaziladi.
Turnir uchrashuvlari haftaning o'rtalarida - Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi o'yinlari o'tkaziladigan kunlarda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar