Rossiya. Denisov jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi FOTO
05 okt 2018 17:41
Yangiliklar
Rossiya. Denisov jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi FOTO
Bugun hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepadigan "Krilya Sovetov" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Tixonov istefoga chiqarilgan edi.
Bu haqda avvalroq xabar bergan edik.
Biroz avval jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu - Miodrag Bojovich. CHernogoriyalik mutaxassis bugunning o'zida jamoaga tanishtirildi. "Krilya" direktorlar kengashi vakili Dmitriy SHlyaxtinning malum qilishicha, tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2 yarim yilga mo'ljallangan.
Bojovichning oxirgi klubi "Arsenal Tula" bo'lgan edi. O'tgan mavsum tulaliklar u bilan birga Rossiya chempionatida 7-pog'onani band etishgan.
Fikrlar