Rossiya birinchi ligasi. Galiulinda 83 daqiqa, Vitaliy Denisov jamoasida mag'lubiyat
15 mar 2021 11:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625483_original.jpg)
![](/upload/storage/625483_220.jpg)
Rossiya birinchi ligasi. Galiulinda 83 daqiqa, Vitaliy Denisov jamoasida mag'lubiyat
O'zbekistonlik futbolchilar Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to'p tepayotgan "Nefteximik" Vladikavkazda "Alaniya" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ushbu bahsda Galiulin 83 daqiqa harakat qildi va birinchi taymda sariq kartochka oldi. Davlatov esa yana zaxirada qoldirildi. "Nefteximik" ushbu durangdan so'ng ochkolari sonini 50taga etkazib oldi va 8-o'rinda bormoqda.
Alaniya - Nefteximik - 1:1
Gollar: Mashukov, 30 (1:0). Uridiya, 58 (1:1).
O'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov faoliyat oli borayotgan "Tom" Astraxan shahrida "Volgar" mehmoni bo'lib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Ushbu bahsda Denisov to'liq o'ynadi. "Tom" 30ta o'yindan 21 ochko holda 22ta klub orasida 21-o'rinda bormoqda.
Volgar - Tom - 2:1
Gollar: Nikolaev, 4 (1:0). Pogosov, 63 (2:0). Ennin, 88 (2:1).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar