So’nggi yangiliklar

08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  0 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  3 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  10 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102

Rossiya. 25-tur. Denisov va Ahmedov to'qnashuvida g'olib aniqlanmadi Yangiliklar

Rossiya. 25-tur. Denisov va Ahmedov to'qnashuvida g'olib aniqlanmadi

Rossiya chempionatining 25-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Anji" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yinda hisob ochilmadi. Mezbonlar safida Vitaliy Denisov, "Anji" tarkibida Odil Ahmedov to'liq harakat qilishdi.

Lokomotiv – Anji 0:0
13 aprel, 14.30, Lokomotiv
Lokomotiv
– Abaev, Dyurica, Vitaliy Denisov, Mixalik (Diarra, 57), Yanbaev, Maykon (Grigorev, 66), SHeshukov, CHorluka, Ozdoev (Bussufa, 46), Samedov, N′Doye.
Anji – Kerjakov, Eshenko, Epuryanu, Gadjibekov, Grigalava, Maksimov, Odil Ahmedov, Bilyaletdinov, V.Bistrov (M.Gadjiev, 72), Buxarov (Serder Serderov, 83), Smolov (Everton, 90).
Ogohlantirishlar: Odil Ahmedov (52), Bussufa (57)

                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                       
YANGILASH

90+5. O'YIN TUGADI. Moskvadagi hamyurtlarimiz to'qnashuvi durang bilan tugadi - 0:0.
90+4.
"Loko" so'nggi soniyalarda gol urish uchun juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi, ammo to'p darvozadan o'rin olmadi
90+3.
Ahmedov aut ishlab oldi va Bilyaletdinovga to'pni oshira olmadi
90+2. O'zgarish. "Anji".
Smolov o'rniga Everton tushdi
90+1.
Samedovning pasidan so'ng N`Doye o'yindan tashqari holatda qolib ketdi
90.
Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi
89. Xavfli vaziyat! N`Doye bu safar zarba bermadi, to'pni sherigiga oshirdi. Grigorevning zarbasi darvoza to'sinining ustidan o'tib ketdi!
87.
CHorluka o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, tinib tinchimas N′Doye to'pni darvozaga to'g'rilay olmadi
84.
Serderov o'yinga tezda qo'shilib ketdi va oldinga o'tdi. Ammo bu vaziyatda Grigorev undan to'pni olib qo'ydi
83. O'zgarish. "Anji".
Buxarov o'rniga Serder Serderov tushdi
81. Xavfli vaziyat! N′Doye jarima maydoni ichida darvozabon bilan birga bir vaziyatda qolib ketdi, hujumchining zarbasidan so'ng to'p Kerjakovga tegib qaytdi!
80.
O'yin davom etadi.
79. Futbochilar suv ichib olishayapti, Denisov va Ahmedov bu vaziyatda bir birlari bilan suhbatlashib olishmoqda
78. Ana bo'masam. "Anji" darvozasi ortida quyuq tutun paydo bo'ldi. Hakam o'yinni to'xtatdi
75.
Bussufa to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, bo'ydor himoyachilar to'pni qaytarishdi
72. O'zgarish. "Anji".
Bistrov o'rniga Maxach Gadjiev tushdi
70.
Vitaliy Denisov o'z qanotdan hujum tashkil qilmoqchi bo'ldi. Biroq Epuryanuga nisbatan qo'pol o'ynadi.
68.
Maykon Ahmedov bilan kurashda oyog'ini qayirib olgan ko'rinadi, Odil unga deyarli tegmagan ekan
66. O'zgarish. "Lokomotiv".
Maykon o'rniga Maksim Grigorev tushdi
64.
Maykon va Ahmedov to'qnashib ketdi. Maykon shifokorlar yordamida maydonni tark etdi
61.
N′Doye tomoniga oshirilgan to'pni hujumchi boshi bilan darvozaga to'g'rilashda xatoga yo'l qo'ydi, noaniq
58.
Bussufaning uzoq burchakka yo'llagan zarbasi o'xshamadi
57. O'zgarish. "Lokomotiv".
Taras Mixalik o'rniga Lassana Diarra
56.
Maksimov Smolovdan to'pni qabul qilib 10 metrlardan darovzaga zarba berdi, to'pni CHorluka o'ziga qabul qildi
55. Ogohlantirish. "Lokomotiv".
Bussufa. Maksimovni yiqitgani uchun
51.
O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Buxarov boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
50. Ogohlantirish. "Anji".
Odil Ahmedov. Busuffani yiqitgani uchun Odil ogohlantirildi
49.
SHeshukovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
47.
Vitaliy Denisov chap qanotdan oldinga o'tdi, himoyachilar unga qarshilik qilishdi. Yanbaev ham imkoniyatdan foydalana olmadi
46. O'zgarish. "Lokomotiv".
Ozdoev o'rniga Bussufa tushdi
46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi

45. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus. Ketib qolish yo'g'a...
43. Mana vaziyat! Bistrov birga bir vaziyatda Abaevni o'ziga zarba berdi!

38. N′Doye yana zarba berdi, bu safar ham to'pni Kerjakov qaytardi
35. Yana bir vaziyat. Ozdoevga oshirilgan to'pga birinchi bo'lim Kerjakov etib keldi.
33. Buxarov oldinga o'tdi, biroq unga CHorluka imkon qoldirmadi
30. Xavfli vaziyat! Samedov to'pni jarima maydoniga oshirdi, bu erda N′Doye boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!
29. Bilyaletdinov jarima to'pini amalga oshirdi. To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi
26. Eshenko to'pni jarima maydoniga oshirishga urindi, Dyurica hushyor o'ynadi
24.
Zerikarli o'yin tomoshabinlarga ham yoqmayapti, ular hushtakbozlikni boshlab yuborishdi.
22. Eshenko qanotdan oldinga o'tdi, ammo to'pni jarima maydoniga uzata olmadi
16. Jamoalar xatoga yo'l qo'yishdan qo'rqishmoqda, shu bois hozircha xavfli vaziyat tashkil etishmadi
14. "Loko" futbolchilari hozirga qadar 5 bor zarba berishdi, mehmonlar hali umuman zarba berishmadi
12. Vitaliy Denisov chap qanotdan oldinga o'tdi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi
10. Ozdoev burchak to'pini ishladi, amalga oshirilgan burchak to'pi "Anji" darvozaboni qo'liga borib tushdi
8. To'p maydon markazida, jamoalar hujumga o'tishga intilishmoqda
4. Mixalikning chamasi 25 metrlardan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi va to'pni darvozabon egallab oldi
1. Uchrashuv boshlandi.
- O'yin soat 14:30da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика