Rosickining burni sindi
16 jan 2014 10:38
Yangiliklar


Rosickining burni sindi
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Tomash Rosicki Angliya chempionatining 21-turidan o'rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o'yinda burnidan jarohat oldi (2:1).
Ikkinchi qavatda bo'lgan kurashda, chexiyalik o'yinchini raqib futbolchisi Gabriel Agbonlaxor tirsagi bilan urib yuborgan. Unga tibbiy yordam ko'rsatilgandan so'ng Rosicki yana bir necha daqiqa o'ynagan va o'z o'rnini Aleks Oksleyd-CHemberlenga bo'shatib bergan.
Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, uning jarohati jiddiy bo'lib chiqqan. SHu sababli o'yinchi shanba kungi “Fulxem”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Fikrlar