Rosha: “Hozirgi Braziliya terma jamoasida Romario kabi futbolchi yo'q”
10 iyu 2014 16:47
Yangiliklar
Rosha: “Hozirgi Braziliya terma jamoasida Romario kabi futbolchi yo'q”
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi va 1994 yilda Jahon chempionligiga erishgan Rikardo Rosha hozirgi Braziliya terma jamoasi tarkibi va bosh murabbiy Luis Felipe Skolari haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
“Murabbiy muxlislarni terma jamoa Jahon chempionligini yuta olishiga ishontira bilishi kerak. 1994 yilda Romario biz chempion bo'lishimiz haqida intervyu bergan. Hozirgi tarkibda Romario kabi futbolchi yo'q. Ular katta mutaxassisdir, lekin Romario o'zgacha futbolchi edi, u natija uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olardi. Skolari jamoani boshqarishi juda yaxshi, unga Karlos Alberto Pereyra yordam beradi”, - deydi Rosha “O Globo”ga.
Fikrlar