Roppa-rosa 9 oy o'tib, O'zbekiston MTJ ketma-ket 2ta rasmiy o'yinda zafar quchdi
15 okt 2019 22:35
Yangiliklar


Roppa-rosa 9 oy o'tib, O'zbekiston MTJ ketma-ket 2ta rasmiy o'yinda zafar quchdi
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Singapur – O'zbekiston bahsida mehmonlar 3:1 natijasi bilan g'alaba qozondi.
O'zbekiston avvalgi turda Yamanni tor-mor (5:0) etgandi. SHu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari ketma-ket ikkita rasmiy bahsda muvaffaqiyat qozonishdi va 9 oy avvalgi natijani takrorlashdi.
Eslatib o'tamiz, oldingi bu kabi natija yanvar oyida o'tkazilgan Osiyo Kubogi-2019ning 1 va 2 turlarida ro'y bergandi. O'shanda Ektor Kuper boshqaruvidagi milliy jamoa Ummon (2:1) hamda Turkmaniston (4:0) termalarini taslim qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar