Ronalduning opasi Krishtianuni tanqid qilgan portugaliyaliklarga murojaat bilan chiqdi
29 sen 2022 12:17
Yangiliklar
Ronalduning opasi Krishtianuni tanqid qilgan portugaliyaliklarga murojaat bilan chiqdi
Ushbu uchrashuvda hujumchi bir qancha golli vaziyatlarni amalga oshira olmadi va jamoasi pley-offga chiqa olmadi.
Aveyru maysazorda orqasini obektivga qaratib o'tirgan Krishtianuning suratini chop etdi.
"Portugaliyaga doim yordam bergan odamga yordam qo'lini cho'zish kerak. Biroq portugaliyaliklar kasal odamlar, mayda, yuraksiz, ahmoq va noshukur. Maysazorda bir yigit ich etini eb o'tiribdi va uni qo'llab-quvvatlovchi hech kim yo'q. Uning ismi Krishtianu Ronaldu va u dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
Bunday bo'layotganidan hayron emasman. Portugaliyaliklar har doimgidek, o'z likopchalariga tupurishdi. Lekin men doim men bilan birga bo'laman, qirolim. Xotirjam bo'l", – dedi Aveyru.
37 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga pas uzatdi. Uning klub bilan bitimi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar