Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi taqdirini ten Xag hal qiladi
17 apr 2022 21:52
Yangiliklar
Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi taqdirini ten Xag hal qiladi
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag katta ehtimol bilan yozda MYU boshqaruvini qo'lga oladi.
Xabarga ko'ra, aynan 52 yoshli niderlandiyalik mutaxassis hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoadagi kelajagi borasida qaror qabul qiladi.
Qayd etilishicha, ayni paytda klubda 37 yoshli portugaliyalik bilan xayrlashish kerak, degan fikrda bo'lganlar bor, biroq hali bir qarorga kelinmagan.
Eslatib o'tamiz, kecha Ronaldu "Norvich"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etgandi. Krishtianu joriy mavsumda APLda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar