Ronalduni haqorat qilgan muxlislar bo'yicha "Barselona" LFP bilan hamkorlik qiladi
19 fev 2015 12:45
Yangiliklar


Ronalduni haqorat qilgan muxlislar bo'yicha "Barselona" LFP bilan hamkorlik qiladi
"Barselona" "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomiga nomaqul so'zlar aytuvchi muxlislar borasida Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) bilan hamkorlik qilishga tayyorligini malum qildi.
Bu haqda klubning iqtisod savollari bo'icha vice-prezidenti Xaver Faus xabar qildi.
"Bizning xavfsizlik xizmatimiz LFP ixtiyorida. Bunday odamlarga qanday jazo qo'llanilishini bilmayman, bu menga bog'liq emas. Ammo klubimiz LFP bilan to'liq hamkorlik qiladi. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz" - deydi Faus.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Levante" o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng (5:0), ko'k-anorranglilar muxlislari Ronalduni "U mast, Krishtianu mast" deya haqorat qilishgan.

Fikrlar