"Ronaldu "Yuventus"ning asosiy tarkibida maydonga tushmaslik ehtmoli bor". Pirlo "Speciya"ga qarshi o'yin oldidan
01 noy 2020 11:00
Yangiliklar


"Ronaldu "Yuventus"ning asosiy tarkibida maydonga tushmaslik ehtmoli bor". Pirlo "Speciya"ga qarshi o'yin oldidan
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriya doirasidagi mehmonda o'tadigan "Speciya"ga qarshi o'yinda Krishtianu Ronalduning dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishi so'roq ostida ekanligi aytdi.
"Ronaldu "Yuventus"ning asosiy tarkibida maydonga tushmaslik ehtimoli bor. U biz bilan va bu o'z-o'zidan muhimdir. U uyda shug'ullandi, ammo bu maydondagidek bo'lmaydi.
Afsusuki, de Ligt yana bir necha haftalarni o'tkazib yuboradi - bu elka operaciyasidan so'ng shifokorlarning tavsiyasi. U biz bilan mashg'ulot o'tkazadi, ammo tiklanishi uchun vaqt kerak.
Bonuchchi kecha individual tarzda mashg'ulot olib borgan bo'lsa ham o'ynaydi, unda hammasi yaxshi. Kellini hali tayyor emas va Turinda qoladi", - deydi Pirlo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar