Ronaldu "Yuventus" rahbariyatidan MYU futbolchisini sotib olishni so'radi
18 noy 2019 01:13
Yangiliklar


Ronaldu "Yuventus" rahbariyatidan MYU futbolchisini sotib olishni so'radi
Pol Pogba sobiq jamoasiga qaytishi mumkin.
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba bilan bir jamoada to'p surishni xohlamoqda. Bu haqida Tuttosport nashri xabar qildi. 34 yoshli hujumchi "Keksa sinora" rahbarlaridan franciyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Pogba joriy mavsum 6 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Pogba hozir jarohatdan tiklanish jarayonida. Uning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida yakunlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar