Ronaldu "Yuventus" futbolchilarini jamoaviy kechki ovqatga taklif qiladi
18 noy 2019 20:20
Yangiliklar


Ronaldu "Yuventus" futbolchilarini jamoaviy kechki ovqatga taklif qiladi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari bilan aloqani mustahkamlash niyatida.
Krishtianu "Milan"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan keyin qo'pol tarzda maydonni tark etib, klubdoshlarini ham hafa qilgandi.
"TuttoJuve" nashri malumotiga ko'ra, portugaliyalik jamoaviy kechki ovqat uyushtirishni rejalashtirgan.
Qayd etish kerakki, avvalari u bunday rasmiy bayonot bermagan va bu ishora ramziy manoga ega bo'ladi.
Oldinroq xabar qilinganidek, "Yuventus" "Milan"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan keyin, o'zini yomon tutgan Ronalduni jazoga tortmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar