Ronaldu “Yuve”da 66 ta jarima zarbasining atigi bittasini golga aylantira olgan
28 fev 2021 08:25
Yangiliklar
Ronaldu “Yuve”da 66 ta jarima zarbasining atigi bittasini golga aylantira olgan
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubi safida jarima zarbaralarini muvaffaqiyatsiz amalga oshirishda davom etmoqda.
A seriya doirasida “Verona” (1:1) qarshi bahsda 36 yoshli futbolchi ikki marta jarima zarbasi tepishni o'z zimmasiga oldi. Ammo portugaliyalik futbolchining har ikki urinishi “jonli devor”dan ortga qaytdi. Etiborli tomoni, ikkinchi jarima zarbasini futbolchining o'zi bir necha raqibni aldab o'tish jarayonida ishlab olgandi.
Krishtianu “Yuve” safida jami 66 marta jarima zarbalarini ijro etdi. Zarbalardan 44 tasi aynan “jonli devor”dan darvozaga o'tmagan.
Ronalduning jarimadan kiritgan yagona goli 2020 yilning iyulida A seriya 30-turi doirasida “Torino”ga (4:1) qarshi bahsda kiritilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar