Ronaldu yuqori divizionlardagi 600-o'yinini o'tkazdi va ideal xet-trikka erishdi
15 mar 2021 01:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625427_original.jpg)
![](/upload/storage/625427_220.jpg)
Ronaldu yuqori divizionlardagi 600-o'yinini o'tkazdi va ideal xet-trikka erishdi
Italiya chempionati 27-turidan “Yuventus” Krishtianu Ronalduning gollari evaziga safarda “Kalyari”ni taslim etdi – 3:1.
Ronaldu bugungi xet-trigini ideal tarzda (o'ng, chap oyoq va bosh bilan) amalga oshirdi. U yuqori divizionlardagi yubiley 600-uchrashuvda maydonga tushdi va gollari sonini 473 taga etkazib oldi:
“Real” safida 292 o'yinda 311 gol
MYU – 196 o'yinda 84 gol
“Yuventus” – 87 o'yinda 75 gol
“Sporting”da – 25 o'yinda 3 gol.
Malumot o'rnida, 36 yoshli futbolchi faoliyatida 57-bor xet-trikka erishdi. Ulardan 9 tasi esa ideal hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar