So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Ronaldu va Messi mavzusidan zerikkanlar uchun: Maguayr vs van Deyk "jangi"! Yangiliklar

Ronaldu va Messi mavzusidan zerikkanlar uchun: Maguayr vs van Deyk "jangi"!

Keling kichik battl uyushtiramiz va Xarri Maguayr yoki Virjil van Deykdan birini tanlaymiz.

Virjilning 75 mln evro evaziga 2018 yili yanvar oyida Liverpulga olib kelingani haqida ko'p gapirildi. Ammo u Yurgen Klopp kemasining barcha teshiklarini yopib tashladi va olislar sari tortib ketdi.

2017/18 yilgi mavsum ECHL finalida mag'lub bo'lganidan keyin "Liverpul"ni to'xtatishning iloji bo'lmayapti. Jamoaning deyarli har bir o'yini g'alaba bilan yakunlanmoqda. Bunda esa van Deyk berayotgan hissani yuqori o'ringa qo'yish mumkin.

O'tgan yozda "Manchester Yunayted" "Lester"ga 80 mln evro berib, Xarri Maguayrni sotib olmaguncha van Deyk dunyoning eng qimmat himoyachisi bo'lib turgandi. Tabiiyki, shu vaqtdan buyon ikki futbolchini o'zaro solishtirish ishlari avj olib ketdi.

Maguayr ilk kunlaridanoq MYUning asosiy kalit futbolchisi bo'lib kelmoqda. Futbolchi yanvar oyida Eshli Yang ketganidan buyon jamoa sardori bo'lib turibdi.

Xo'sh, u ushbu mavsumdagi natijalari bilan van Deykdan ustun bo'la oladimi?

Ikki futbolchi ham ushbu mavsumda APLning 29tadan o'yinida qatnashishdi. Qizig'i shundaki, ular biror marta ham almashtirilishmadi va barcha o'yinlarni to'liq o'tkazishdi. Xo'sh, foydali ish koefficienti qanday bo'ldi?

Himoya

Ikkisining ham bo'yi deyarli bir xil, bu esa himoyachilarning o'z va raqib jarima maydonchasi ichida havodagi kurashda ustunlik yaratib beradi. Ushbu mavsumda Maguayr havodagi kurashlarda 190 imkoniyatdan 136tasida (71,5 foiz) g'olib bo'ldi. Bu esa har bir o'yinga 4,7tadan to'g'ri keladi degani. Van Deykda esa bu natija biroz ko'proq - 190 imkoniyatdan 143 g'oliblik (75,2 foiz), bu esa o'rtacha bir o'yinga 4,9tadan degani.

Ammo himoyachining asosiy xislati - bu podkat tashlash va to'pni olib qo'yishda. Maguayr ushbu ikki holatda ham van Deykdan ustun: angliyalikda bir o'yinda o'rtacha 1,1tadan podkat va 1,8tadan to'pni olib qo'yish yozilmoqda. Niderlandiyalik esa o'rtacha bir o'yinda 0,8 podkat va 1tadan to'pni olib qo'yishni amalga oshirmoqda.

Umumiy hisoblaganda Maguayr o'z darvozasi tomon bo'layotgan 45 hujumning 32tasini bir o'zi qaytargan va 53 bora raqiblaridan to'pni olib qo'ygan. Van Deyk esa 28 hujumning 22tasini qaytarib, 30 marta raqiblari oyog'idagi to'pni olib ketgan. MYU futbolchisi 24 marta "blok" qo'ygan va 132 marta raqiblari hujum qilayotgan paytda o'z jarima maydonchasidan to'pni tepib yuborgan. "Liverpul" himoyachisi hisobida esa 19 "blok" 135 marta to'pni tepib yuborish bor.

Tartib-intizom borasida van Deyk sparring raqibidan yuqoriroq o'rinda, u ushbu mavsumda atigi 10 marta fol ishlatib, 1 marta sariq oldi. Xarri 24 marta qoidani buzib, 4 bora ogohlantirildi.

Paslar va dribling

Zamonaviy himoyachilar nafaqat hujumni qaytarishi, balki, to'p bilan birga muomalada ham etakchi bo'lishi kerak, xuddi Maguayr va van Deyk kabi. Ikki futbolchi ham to'p uzatishlarda yuqori o'rinlarda.

Van Deyk ushbu mavsumda 2478 pasning 2210tasini aniq amalga oshirgan. Bu esa 89,2 foiz aniqlik degani. O'rtacha olganda niderlandiyalik futbolchi bir o'yinda 0,2 marta "kalit" pas beradi.

Maguayrda esa 1823tadan 1553ta pas o'z manziliga etib borgan - aniqlik 85,2 foiz. Ammo uning "kalit" paslari van Deyknikidan ko'proq - 0,5 marta.

Umuman olganda bir o'yinda "Liverpul" to'p nazoratini o'rtacha 59 foiz vaqt davomida ushlab turibdi. MYUda esa bu natija 53,3 foizni tashkil qilmoqda. Buni ham inobatga olib qo'yish kerak.

"Liverpul" himoyachisi ushbu mavsumda 3 marta dribling ishlatib, to'pni raqiblariga oldirib qo'ymadi. 100 kilogrammlik Maguayr esa 9 imkoniyatdan 6tasini unumli foydalandi. Mavsumda Maguayrdan (4) ko'ra van Deyk (2) golga tortadigan qulay vaziyatlarni kamroq qo'ldan chiqardi.

Hujum

Van Deyk bu holatda raqibidan ancha ustun. U 4 marta raqiblari postiga yo'l topgan bo'lsa, Xarri 1 marta APLda gol urdi.

Qayd etish kerak, Xarrining yo'llayotgan zarbalarida ham noaniqlik katta: 26 zarbaning 8tasi darvozaga aniq borgan. Van Deykning 23 zarbasidan 11tasi aniq ko'rinish olgan.

Jamoaviy o'yin

Xarri va van Deyk maydonda jamoasining etakchi futbolchilari hisoblanishadi. "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ning g'alabalarida futbolchilarning hissasi katta bo'lishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Fakt shundaki, "Liverpul" ayni damda gol o'tkazib yuborish borasida rekord qayd etmoqda - 21. Bu esa ko'proq van Deykning mahorati bilan bog'lanyapti.

Boshqa bir tomondan olib qaralganda "Yunayted"da ham ishlar joyidadek. Jamoa 30 bora o'z darvozasidan to'p olib chiqqan bo'lsa-da, o'tgan mavsumga qaraganda ishlar yaxshilanganini sezamiz. CHunki MYU o'tgan mavsumda 18-turga keliboq shuncha gol qo'yib yuborgandi. Demak, ushbu mavsumda Xarrining transferi jamoaning himoyasiga effekt bermoqda.

Maguayr ortga katta etibor berayotganida Viktor Lindelof va Lyuk SHouning joylariga ham ulgurmoqda. "Liverpul"da esa Jo Gomes hamda Joel Matip o'tgan mavsumga qaraganda ushbu mavsumda van Deykning ishini ancha engillatgan. Solishtirish uchun: ushbu mavsum Premer-ligada Maguayr va Lindelof 26 o'yinda o'zaro duet bo'lib o'ynab, biror marta ham golga tortadigan yaqqol xatoga yo'l qo'yishmagan. Van Deyk hamda Gomes esa 14 o'yindagi sheriklikda 2 marta katta xatoga yo'l qo'yishgan.

Sud qarori!

Maguayr va van Deykning jamoalari o'yinlariga berayotgan effektini tariflab bo'lmaydi. Ular ayni damda dunyoning eng qimmat himoyachilari hisoblanishadi.

Agarda bo'lib tahlil qiladigan bo'lsak, himoya aspektlarida Maguayrning, hujum aspektlarida esa van Deykning ustunligini sezishimiz mumkin. Sudning yakuniy qarorini esa Siz chiqaring!

Ammo tan olaylik, hozirda APLda ulardan zo'ri yo'q!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика