Ronaldu top-5 ligalarning mutlaq rekordini o'rnatdi
28 sen 2020 08:53
Yangiliklar
Ronaldu top-5 ligalarning mutlaq rekordini o'rnatdi
“Yuventus” hujumchisi A Ceriya 2-turi doirasida “Roma”ga qarshi bahsda (2:2) dublga erishdi.
Bu Krishtianu Ronaldu uchun top-5 ligalar doirasida urilgan 449 hamda 450-gollar bo'ldi. Qayd etilishicha, bu tarixdagi eng yaxshi ko'rsatkich. Hech bir futbolchi kuchli beshlik chempionatlari doirasida Ronalduchalik ko'p gol urmagan.
Ronaldu MYU safida APLda 84 ta, “Real” safida La Ligada 311 ta, “Yuve” tarkibida A Ceriyada 55 ta gol urgan.
Fikrlar