Ronaldu: “Tashqi kuchlar Portugaliyani sindira olmaydi”
09 dek 2022 08:50
Yangiliklar
Ronaldu: “Tashqi kuchlar Portugaliyani sindira olmaydi”
Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 chorak finali doirasida 10 dekabr kuni o'tadigan Marokashga qarshi bahs oldidan tvit qoldirdi.
“Jamoa shu qadar bir-biriga bog'langan-ki, tashqi kuchlar uni sindira olmaydi. Raqibdan cho'chimaslik uchun millatimiz juda matonatli. Bu so'zga loyiq jamoa va u orzu uchun oxirigacha kurashadi! Bizga ishoning! Olg'a, Portugaliya!”, deya yozgan Ronaldu o'z sahifasiga.
Avvalroq, 37 yoshli o'yinchi SHveycariya qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligini bilganidan keyin, Qatarni tark etmoqchi bo'lgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, Portugaliya FF bu mish-mishlarni rad etdi.
Fikrlar