Ronaldu tarixiy rekord o'rnatdi. Bunga Mbappe sababchi
06 iyu 2024 12:52
Yangiliklar
Ronaldu tarixiy rekord o'rnatdi. Bunga Mbappe sababchi
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappening "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.
Franciyalik futbolchi 3 iyun kuni Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq futbolchi erkin agent sifatida PSJni tark etgandi.
"Tomosha qilish navbati menda. "Bernabeu"ni larzaga keltirishingni intiqlik bilan kutaman", – deb yozdi Ronaldu Mbappening posti izohida.
Krishtianuning ushbu izohiga 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi "layk" bosdi. Bu Instagram tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.

Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha PSJda o'ynagan. U parijliklar safida jami 308 o'yin o'tkazib, 256 ta gol urgan va 108 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar (450 ta gol). U "qaymoqranglilar" libosida 2009 yildan 2018 yilgacha harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar