Ronaldu Sulsherni tanqidlardan himoya qildi

Mirjalol Normatov
24 okt 2021, 13:31
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning manziliga bo'layotgan tanqidlar haqida gapirdi.

"Futbolchilar mas'uliyatni bo'yniga olishi kerak. "Yunayted" futbolchisi bo'lasizmi yoki boshqarasizmi, farqi yo'q - doimo tanqidlar ostida bo'laverasiz. Tanqidlar - ishning bir qismi.

Siz dunyoning eng katta klublaridan birining a'zosi bo'lib turgan paytda bor e'tibor va diqqat markazi sizda bo'ladi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak.

Murabbiylar va futbolchilar - g'alabada ham mag'lubiyatda ham bir kemada bo'ladi. Bosimni engib o'tib, ishni davom ettiraverish kerak", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports