So’nggi yangiliklar

08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  0 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  3 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  9 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  9 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5

Ronaldu SHomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin Yangiliklar

Ronaldu SHomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin, unga "Roma" davogarlik qilmoqda.

Portugaliyalik yangi bosh murabbiy Erik ten Xagning o'yin uslubiga mos kelmaydi.

"Manchester Yunayted"ning kelasi mavsumda CHempionlar Ligasida o'ynamasligini hisobga olib, forvardning agenti Jorje Mendesh o'z mijozi uchun yangi klub izlash bilan band.

37 yoshli forvardga "Roma" qiziqish bildirmoqda. Klub Joze Mourinyu bilan bir yillik faoliyatdan so'ng Ronalduning transferi "Roma" brendi rivojlanishiga va uning taniqliligini oshirishiga ishonmoqda.

Ronaldu uchun muhim rol Italiyada boshqa Evropa davlatlariga qaraganda soddaroq soliq tizimidir. Mendeshning "Roma" bilan aloqalari yaxshi – u klubga Joze Mourinyu, Ruy Patrisiu va Serjiu Oliveyrani olib kelgan. "Roma" sport menejmentini boshqarayotgan Tiagu Pintuda esa "Benfika"da ishlab yurgan paytlardanoq Mendesh bilan ajoyib munosabatlar bor.

Ammo, Ronalduning "Roma"ga ehtimoliy transferida to'siqlar yo'q emas. Birinchidan, rimliklar unga hozirda "Manchester Yunayted"da olayotgan 23 mln evro miqdoridagi maoshni to'lay olishmaydi. "Roma"da allaqachon moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish bo'yicha muammolar bor. Ikkinchidan, "Roma" ham MYU singari kelasi mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etadi. Bu musobaqa Ronalduni o'ziga jalb qilmaydi.

Portugaliyalikning faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan yana bir variant – CHempionlar Ligasida o'ynaydigan "Sporting"ga qaytish.

Ronaldu o'tgan mavsum MYU safida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика