

“Yuventus” matbuot xizmati xabariga ko'ra, “Atalanta”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Portugaliyalik futbolchi YCHL navbatdagi turi doirasida “Atletiko”ga qarshi maydonga tushishga tayyor.
Mazkur o'yin 26 noyabrda bo'lib o'tadi.



