Ronaldu: "Portugaliya Evro-2020da qatnashishi uchun hamma ishni qilamiz"
26 mar 2019 11:50
Yangiliklar
Ronaldu: "Portugaliya Evro-2020da qatnashishi uchun hamma ishni qilamiz"
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga ko'ra, milliy jamoa muxlislari Evro-2020 saralashidan ikkita durangdan havotir olmasliklari kerak.
"Portugaliya Evro-2020da ishtirok etishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Havotir olmang va jamoaga bo'lgan ishonchni yo'qotmang.
Ishqibozlar futbolchilarimizga ishonishi lozim. Futbolni tushunadiganlar Portugaliya ikkala bahsdan ham g'alabaga munosib o'ynaganini yaxshi bilishadi. Biz raqib darvozasini ishg'ol qila olmadik, biroq keyingi o'yinlarda buni amalga oshiramiz" - deydi Ronaldu.
Fikrlar