Ronaldu: "Ota bo'lish - hayotimda sodir bo'lgan eng yaxshi voqea"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2018, 13:32
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning so'zlariga ko'ra, faoliyati va shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatlar uni baxtli qiladi.

"Men har taraflama baxtli insonman. Professional faoliyatim davomida ikki yil fantastik o'tgan va o'sha yillarda klub hamda terma jamoa bilan sovrin qo'lga kiritganman. Yana bir necha yil davomida yuqori darajada o'ynashim mumkin.

Shaxsiy hayotga to'xtaladigan bo'lsak, menga bolalarim va sevgan qizim hamda oila a'zolarim bilan vaqt o'tkazish yoqadi. Ota bo'lish - hayotimda sodir bo'lgan eng yaxshi voqea" - deydi Ronaldu.

Joriy mavsum 33 yoshli hujumchi LaLiganing 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS