

Portugaliyalik yulduzning fikricha, Mbappe Holanddan kuchliroq.
"Erling juda tezkor hamda gol urishda mohir, ammo De Bryuyne jarohat olgach, uning ham samaradorligi pasaydi. Erlingni tanqid qilyapti deb o'ylamang, u ajoyib o'yinchi, jismonan "yirtqich", lekin bu etarli emas. Holand ijodkor sheriklarsiz ham gol urishni o'rganishi lozim.
Mbappega kelsak, u ajoyib o'yinchi, ammo Fransiyada qimmatli vaqtini behuda o'tkazmoqda. U "Real Madrid"ga o'tishi kerak, shunda Bellingem va Vinisius bilan ajoyib trio hosil qiladi. Shaxsan men Holanddan ko'ra Mbappeni afzal ko'raman, chunki fransiyalik futbolchi ancha serqirra hisoblanadi", dedi Ronaldu.



