Ronaldu ketganidan so'ng MYUdagi atmosfera yaxshi tomonga o'zgardi
06 dek 2022 00:44
Yangiliklar
Ronaldu ketganidan so'ng MYUdagi atmosfera yaxshi tomonga o'zgardi
"Manchester Yunayted"dagi jamoaviy kayfiyat ijobiy tomonga o'zgardi.
O'tgan mavsum oxirida MYU kiyinish xonasidagi atmosfer juda yomonligi haqida malum qilingan edi. Rahbariyat joriy mavsumda hammasini o'zgartirdi.
Ronaldu hikoyasi bu o'zgarishda katta rol o'ynadi. Malumotlarga ko'ra, jamoadagilar Erik ten Xagning Krishtianuga nisbatan qo'llagan jazolaridan hayratlanishgan. 37 yoshli futbolchi stadionni erta tark etgani uchun bitta o'yinga tarkibdan chiqarilgan edi.
Hozir Karringtondagi bazada barchaning kayfiyati yaxshi. 22 noyabr kuni klub portugaliyalik bilan shartnomani buzgani haqida elon qilgandi.
Fikrlar