Ronaldu katta miqdorda jarima to'laydi
22 jan 2019 17:09
Yangiliklar


Ronaldu katta miqdorda jarima to'laydi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2011-2014 yillarda soliq to'lashda sodir etgan jinoyatlari uchun aybdor deb topildi.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, portugaliyalik forvard 23 oylik qamoq jazosiga tortildi. Ispaniya qonunchiligi Ronaldu jazoni qamoqda o'tamasligini malum qildi. Qonunga ko'ra, jazo ikki yildan oshmasa, hukm bekor qilinadi. Evaziga Krishtianu 18,8 million evro miqdorida jarima to'laydi. Aynan shu sabab Krishtianu Ronaldu Ispaniyada bo'lib turibdi.
Tergovchilarning so'zlariga ko'ra, Ronaldu 2011 yildan 2014 yilgacha soliq to'lashning 4 hil holatida jinoyat sodir etib, davlatga 14,7 million evro zarar keltirgan.
O’xshash yangiliklar
23:14
Nani Portugaliya haqida: "Ronaldu 90 daqiqa o'ynashi shart emas, bazan 10-20 daqiqa kifoya" 12

Fikrlar