So’nggi yangiliklar

13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  8 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  0 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  20 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  16 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  5 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  11 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  10 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  6 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  12

Ronaldu endi sobiq jamoadoshi qo'l ostida to'p tepadi: Sulsher va Krishtianu bu haqida nima deydi? Yangiliklar

Ronaldu endi sobiq jamoadoshi qo'l ostida to'p tepadi: Sulsher va Krishtianu bu haqida nima deydi?

Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" ustozi Ole Gunnar Sulsher bilan ajoyib munosabatlari haqida gapirdi.

Ronaldu va Sulsher 2003 yildan 2007 yilgacha MYUda birga to'p tepishgan. Ammo, jarohatlar Olega ko'p bor halal bergan. SHu sabab ular maydonda birgalikda bor yo'g'i 32ta o'yin o'tkazishgan. Keyin Ole faoliyatini yakunlagan va Ser Aleks Fergyuson shtabida hujumchilar murabbiyi sifatida ish boshlagan. O'sha davrda norvegiyalik mutaxassis portugaliyalikni shug'ullantirgan.

Klub rasmiy saytiga bergan eksklyuziv intervyusida Krishtianu Ole haqida juda ham iliq fikrlarni aytgan va murabbiy unga to'la ishonishi mumkinligini qo'shimcha qilgan.

"Biz biroz suhbatlashdik. Lekin, menda hali u bilan tet-a-tet (yuzma-yuz) gaplashishga imkon bo'ladi. O'shanda u nimani kutayotganini bilib olaman.

O'zingiz bilasiz, men u bilan "Manchester Yunayted"da 2 yoki 3 yil o'ynaganman. SHunday ekan, u bilan ajoyib munosabatdamiz. Lekin, endi meni rolim boshqacharoq: Men o'yinchi, u esa murabbiy.

Ammo bu endi ahamiyatga ega emas. U bilan munosabatlarimiz ajoyib. Avval ham aytganimdek, Manchesterga jamoaga yordam berish uchun kelganman, murabbiy istaganicha menga ishonch bildirishi mumkin. Men barchasiga tayyorman".


Klubning rasmiy bayonotida Sulsher o'z navbatida Ronalduga maydonda ham, uning tashqarisida ham ishonishini bildirdi 

"Krishtianuni tasvirlash uchun so'z etishmaydi. U nafaqat ajoyib futbolchi, balki ajoyib inson hamdir. Uzoq yil davomida mana shunday kuchli istak bilan va yuqori darajada o'ynash uchun boshqacha odam bo'lish kerak. 

U barchani hayron qoldirishda davom etishiga ishonaman, uning tajribasi tarkibdagi yosh futbolchilar uchun juda muhim. Ronalduning qaytishi jamoamizga etiborni kuchaytiradi, uning qaytganidan, barchasi boshlangan joyga qaytganidan juda xursandman".

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика