Ronaldu bir qancha ajoyib natijalar qayd etdi
02 fev 2020 18:43
Yangiliklar


Ronaldu bir qancha ajoyib natijalar qayd etdi
Bugun Italiya chempionat doirasida "Yuventus" o'z maydonida "Fiorentina"ni yirik hisobda mag'lub etdi.
Qayd etish kerak, ushbu uchrashuvda turinliklar etakchisi Krishtianu Ronaldu ikki bora raqib postiga yo'l topa oldi.
Portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 150 hamda 151-penaltilarni tepdi. SHulardan 25tasi golga aylanmagan bo'lsa, 126 zarba darvoza to'riga borib tushgan.
SHuningdek, Ronaldu 2005 yildan keyin "Yuventus" tarkibida ketma-ket 9 o'yinda gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U 19 o'yinda 19 gol urib, to'purarlar ro'yxatida CHiro Immobiledan (23) keyin ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
So'nggi 9 o'yinda 14, 2020 yilda esa u 6 uchrashuvda 10 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar