So’nggi yangiliklar

13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  0 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  0 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  3 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  1 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  6 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  5 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  20 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  5 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  3 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3

Ronaldu, Benzema, Mane... Saudiya Arabistoni o'ziga yulduzlarni jalb qilmoqda. Barcha transferlar boshqaruvi shahzodaning qo'lida Yangiliklar

Ronaldu, Benzema, Mane... Saudiya Arabistoni o'ziga yulduzlarni jalb qilmoqda. Barcha transferlar boshqaruvi shahzodaning qo'lida

Yarim yil avval Evropa transfer bozoriga yorib kirgan Saudiya Arabistoni yozda ham daxshatli kelishuvlarga erishishda davom etmoqda.

Jamolar maksimum qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerakligini ayta olishadi, xolos

Yarim yil avval Evropa transfer bozoriga yorib kirgan Saudiya Arabistoni yozda ham daxshatli kelishuvlarga erishishda davom etmoqda. Ronaldudan so'ng ushbu yozda juda ko'plab yulduzlar aynan Saudiyada o'ynashni afzal ko'rishmoqda.

Yozda jamoaga kelib qo'shilgan yulduzlar:



Evropa futboli Saudiya Arabistoning transfer bozoriga bu  tarzda kirib kelishi futbol manzarasini o'zgartirish yuboradi degan xavf bilan yashashni boshladi. Qaysidir manoda bu fikrlar haqiqat, biroq Saudiya jamoalari barcha yulduzlarni yig'ib olishni maqsad qilmagan. Ular asosan yoshi o'tgan yulduz futbolchilar bilan kelishuvga erishmoqdalar va asosan Saudiya Arabistonining to'rt jamoasi («Al Hilol», «Al Ittixod», «Al Ahli», «Al Nassr») bunday katta shartnomalarni qo'lga kiritmoqda. Nega aynan ular. Sababi oddiy. Ular Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) tomonidan moliyalashtiriladi. Rejaga ko'ra, ushbu jamoalar har yili uchtadan yulduz futbolchilarni jamoalariga qo'shib oladilar va ularning o'rniga olingan futbolchilar liganing boshqa klublariga o'tishadi. 


Bu o'rinda uchta savol paydo bo'ladi: nima uchun, kim va qanday tanlaydi, kim qaysi klubga boradi. Endi biz javob beramiz.

Saudiya Arabistoniga nima uchun yulduzlar kerak?

Saudiya Arabistoni  ayni paytda neftga qaramlikdan qutulishga harakat qilmoqda. Qirollik sportga asoslangan strategiyaga ega: futbol va boshqa sport musobaqalari orqali Saudiya Arabistoni turizmni rivojlantirish va o'z nufuzini oshirishni rejalashtirmoqda.

Ronalduning kelishi bu faqat boshlanishi edi: qirollikning rejalari keng ko'lamli va deyarli cheksiz mablag'ga ega. 30 yoshdan oshgan yulduzlarni jalb qilishda mantiq bor: ular potencial yoshlarni ligaga jalb qilish imkonini beradi va va bu orqali butun dunyodan tomoshabinlar Saudiya chempionatini tomosha qilishni boshlaydi.

Bu yulduzlarni kim va qanday tanlaydi?

Bu ish uchun shaxsan valiahd shahzoda Muhammad bin Salman boshchiligidagi fond boshchilik qiladi. SHahzoda hukumat tomonidan ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish uchun transferlar uchun har qanday mablag' ishlatishga tayyor ekanligini malum qilgandi. Muvaffaqiyatli transferlarni amalga oshirish uchun tajribali mutaxassislarni jalb qilish kerakligini yaxshi tushungan shahzoda qishda “Man Siti”ning sobiq ijrochi direktori Garri Kukni liga bosh direktori etib tayinladi. Mutaxassis Saudiyada atigi olti  oy ishlagan bo'lsada, to'g'ri va samarali tizim yaratib ketishga ulgurdi.

Tizimga ko'ra, klublar o'zlari istagan futbolchini xarid qila olmaydi. Ularning o'rniga barcha ishni fond amalga oshiradi. Klublar maksimum qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerakligini aytish imkoniga ega bo'lishadi. Transfer uchun mablag'ni esa Sport  vazirligi yoki PIF (SHahzodaning fondi) tomonidan qoplab beriladi. Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, 2030 yilgacha Saudiya sport vazirligi transferlar uchun 19.5 milliard dollar ajratadi. PIF esa 2021 yildan beri sport uchun 6,5 milliard dollar sarmoya kiritishga ulgurdi.

Barcha yulduzlar bilan bo'lgan kelishuvlarning hech birida klub ishtirok etmagan. Barcha muzokaralarni PIF, Sport vazirligi va Turizm vazirligi vakillaridan iborat hukumat delegaciyasi olib boradi. Jarayon davomida ularga Deloitte kompaniyasining odamlari — asosan tahlilchilar maslahat berishadi. Hech kim agentlar bilan muzokaralar olib bormayapti — delegaciya darhol klubga to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib boradi. Bu holatda klub vakillari so'nggi bosqichda bog'lanadi, qolgan narsa qog'ozga imzo chekish va obektivga tabassum qilishdir.

Bu markazlashuv orqali Saudiya Arabistoni yaqin kelajakda futboldan katta foyda olishni maqsad qilgan. Hukumat klublarga tanlash erkinligini bermaydi, chunki bu holatda ular tuzib chiqqan strategiyaga tasir qilishi mumkin deb o'ylashadi. 

SHunday ekan, yaqin yillar ichida Mbappe, Xolland, Vinisius Junior kabi yulduzlar Saudiya Arabistoni chempionatida o'ynashsa, hayron bo'lmang....

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика