Ronaldu "Benevento" bilan o'ynamaydi, chunki...

27 noya 2020, 20:19
Turinning "Yuventus" klubi ertaga A Seriya 9-turida "Benevento" maydoniga safar uyushtiradi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning so'zlariga ko'ra, "Yuve" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu o'yinni o'tkazib yuboradi, chunki jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo unga dam berishga qaror qilgan.

A Seriyaning joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazgan portugaliyalik yulduz 8 gol, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

"Benevento" va "Yuventus" klublari o'rtasidagi bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com